locale OZ

Para yengil atletika. Bobur Omonov Jahon chempionatining kumush medali sohibi!

Isomiddinov esa 9.79 m natija orqali shaxsiy rekordini yangiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para yengil atletika. Bobur Omonov Jahon chempionatining kumush medali sohibi!
photo: Para olimpiya

Hindistonning Nyu-Deli shahrida davom etayotgan para yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi medaliga ega chiqdi.

Erkaklar o‘rtasida F41 toifasida o‘tkazilgan yadro uloqtirish bellashuvlarida ikki hamyurtimiz — Bobur Omonov hamda Boburjon Isomiddinov ishtirok etdi. Yakunda 24 yoshli Bobur Omonov 12.36 m natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritib, sovrindorlar qatoridan joy oldi. Isomiddinov esa 9.79 m natija orqali shaxsiy rekordini yangiladi.

Jahon chempionati
Erkaklar o'rtasida yadro uloqtirish dasturi (F41)
1 Niko Kappel (Germaniya) - 13.34
2 Bobur Omonov (O'zbekiston) - 12.36
3 Ayal Sivtsev (Neytral maqomdagi sportchi) - 11.98

Endilikda Omonov hisobida Jahon chempionatlarining 4 ta medali bor: 2 ta oltin va 2 ta kumush.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting