locale OZ

Para velosport: \"Tarixda ilk bor jahon kubogida guruh poygasida birinchi bo‘ldik!\"

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para velosport: "Tarixda ilk bor jahon kubogida guruh poygasida birinchi bo‘ldik!"
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Italiyaning Maniago shahrida bo‘lib o‘tayotgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogida ishtirok etmoqda.

Mazkur musobaqada 2 nafar vakilimiz shohsupaga ko‘tarildi.

Jumladan, erkaklar o‘rtasida T1 klassida yurtimiz sharafini himoya qilgan Aziz Ataxo‘jayev 40 km masofaga o‘tkazilgan guruh poygalarida oltin, 16 km masofaga o‘tkazilgan vaqt poygalarida esa kumush medalni qo‘lga kiritdi.

E’tiborlisi, O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi tarixda ilk bor jahon kubogida guruh poygasida 1-o‘rinni egalladi. Vakilimiz bu borada mezbon Italiya va Janubiy Koreya terma jamoasi a’zolarini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.

Ayollar o‘rtasida T1 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Marjona Pardaboyeva esa 30 km masofaga o‘tkazilgan guruh poygasida hamda 16 km masofaga o‘tkazilgan vaqt poygasida kuchli uchlikdan joy olib, delegatsiyamiz hisobiga 2 ta bronza medalni qo‘shib qo'ydi

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting