Para suzish. Uch suzuvchimizning barchasi finalda
Para suzish bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari biz uchun omadli boshlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Para olimpiya
Para suzish bo‘yicha Jahon chempionatining to‘rtinchi kungi bahslari biz uchun omadli boshlandi.
Dastlab, kecha jamoamiz hisobiga ilk medalni taqdim etgan Yegor Bolotov (S13) 100 m masofaga chalqancha suzish dasturi saralashida 59.31 soniya bilan o‘z guruhida birinchi natijani qayd etdi. Xuddi shu dasturning S7 toifasidagi bahslarida chiqish qilgan Sardor Baxtiyorov esa 1:18.45 soniya bilan hal qiluvchi bosqichga o‘tdi. Avval ta’kidlanganidek, Mubinabonu Xalilova (S13) ishtirok etadigan kechgi dasturdagi 100 m masofaga chalqancha suzish dasturida saralash bellashuvlari o‘tkazilmadi.
Hamyurtlarimizning kechgi dasturdagi ishtiroki Toshkent vaqti bilan 14:30 dan boshlanadi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor