locale OZ

Para suzish. Dubay-2025: Para suzish musobaqalarida jami 59 ta medal qo'lga kiritildi, ulardan 36 tasi oltin

O'zbekiston para suzish terma jamoasi V yoshlar para Osiyo o'yinlarini 36 ta oltin, 15 ta kumush va 8 ta bronza, 59 ta medal bilan o'z yakuniga yetkazdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para suzish. Dubay-2025: Para suzish musobaqalarida jami 59 ta medal qo'lga kiritildi, ulardan 36 tasi oltin
Photo: Para Olimpiyada

Xabar berganimizdek, BAAning Dubay shahrida V yoshlar o'rtasidagi para Osiyo o'yinlari doirasida para suzish bo'yicha bahslar nihoyasiga yetgandi. Musobaqaning so'nggi bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 19 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qo'lga kiritishdi.

Oltin medal:

Asadbek Xojiyev (100 m erkin usulda, S8)
Asadbek Xojiyev (50 m erkin usulda, S8)
Asadbek Xojiyev (100 m batterflyay, S13)
Asadbek Xojiyev (100 m brass, S13)
Dias Mirmanov (100 m erkin usulda, S9)
Dias Mirmanov (50 m erkin usulda, S9)
Dias Mirmanov (100 m batterflyay, S9)
Dias Mirmanov (100 m brass, S9)
Maxdiya Muxtorova (50 m erkin usulda, S13)
Maxdiya Muxtorova (100 m batterflyay, S13)
Maxdiya Muxtorova (100 m brass, S13)
Sardor Baxtiyorov (400 m erkin usulda, S7)
Sardor Baxtiyorov (50 m erkin usulda, S7)
Sardor Baxtiyorov (100 m brass, S7).
Lolaxon Kadirova (50 m brass, S4)
Lolaxon Kadirova (100 m erkin usulda, S4)
Lolaxon Kadirova (50 m erkin usulda, S4)
Gulinoza Atanazarova (100 m chalqancha usulda, S8)
Aziza Karimova (50 m erkin usulda, S6).

Kumush medal:

Muhammadfozil Rasulov (100 m erkin usulda, S7)
Muhammadfozil Rasulov (50 m erkin usulda, S7)
Muhammadfozil Rasulov (100 m brass, SB7)
Alijon Nekov (100 m erkin usulda, S7)
Alijon Nekov (100 m brass, SB7)
Shahnoza Yerejepbayeva (50 m erkin usulda, S10)
Shahnoza Yerejepbayeva (100 m batterflyay, S10)
Aziza Karimova (50 m batterflyay, o'smirlar toifasida)
Jamoaviy estafeta dasturida.

Bronza medal:

Abrorjon Soliyev (50 m erkin usulda, S9)
Lolaxon Kadirova (100 m brass, SB3)
Shahnoza Yerejepbayeva (400 m erkin usulda, S10)
Gulinoza Atanazarova (100 m batterflyay, S8).

Shunday qilib, O'zbekiston para suzish terma jamoasi V yoshlar para Osiyo o'yinlarini 36 ta oltin, 15 ta kumush va 8 ta bronza, 59 ta medal bilan o'z yakuniga yetkazdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting