Para shashkachilarimiz Jahon chempionatida yuksak natijalarga erishdi!
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tayotgan para shashka bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Musobaqaning rapid yo‘nalishida Bahodir Ubaydullayev erkaklar o‘rtasida g‘olib chiqib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, U23 toifasida Javohir Jamolov kumush, Sadoqat Tulibayeva esa bronza medalga sazovor bo‘ldi.
Klassik jamoaviy yo‘nalishda esa 8 mamlakatdan 70 dan ortiq sportchi qatnashgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda birinchi o‘rinni egalladi.
Bu g‘alabalar sportchilarimizning professional tayyorgarligi va sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor samarasi ekanini yana bir bor tasdiqlaydi.
Bakradze Iman
Redaktor