locale OZ

Para qilichbozlarimizdan tarixiy natija! Sattelit turnirida 7 ta medal jamg‘arildi

15 ta mamlakatdan 60 nafar sportchi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para qilichbozlarimizdan tarixiy natija! Sattelit turnirida 7 ta medal jamg‘arildi
Фото: ParalympicUz

19-22-iyun kunlari davomida Turkiyaning Mersin shahri para qilichbozlik bo‘yicha xalqaro Sattelit turniri tashkil etildi.

15 ta mamlakatdan 60 nafar sportchi ishtirok etgan mazkur turnirda terma jamoamiz a’zolari 2 ta oltin va 5 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Oltin:

Rasulla Jusipbayev (B toifasidagi sablya va shpaga dasturlarida).

Bronza:

Muhriddin Islomov (B toifasidagi rapira va shpaga dasturlarida)
Mehribon Jalgasova (A toifasidagi sablya va shpaga dasturlarida)
Gulzora Rahmonova (A toifasidagi shpaga dasturida).

Mazkur natija orqali para qilichbozlarimiz musobaqani umumjamoa hisobida Xitoy va mezbon Turkiyadan so‘ng uchinchi o‘rinda yakunlashdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting