Para powerliftingchilarimiz Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etishdi
Misrning Qohira shahrida sakkiz kun davom etgan para powerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi yakunlandi.
Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz musobaqaning so‘nggi kunida yana 2 ta medalga ega chiqishdi. Jamoaviy bellashuvlar tashkil etilgan kechagi kun davomida vakillarimiz ayollar o‘rtasidagi bahslarda hamda aralash jamoaviy dasturda kumush medallarni qo‘lga kiritishdi.
Shu tariqa, terma jamoamiz Jahon chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Quvonarlisi, ilk bor o‘zbekistonlik ayol sportchi para powerlifting bo‘yicha dunyo birinchiligida tengsiz bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlarimiz:
Oltin:
Muslima Nuriddinova (61 kg).
Kumush:
Bekzod Jamilov (80 kg)
Qudratoy Toshpo‘latova (67 kg)
Ayollar o‘rtasida jamoaviy dasturda (Aqidaxon Axtamova, Nasiba Toshpo‘latova, Ruxshona O‘ktamova)
Aralash jamoaviy dasturda (Bekzod Jamilov, Muslima Nuriddinova, Husniddin Usmonov).
Bronza:
Nasiba Toshpo‘latova (45 kg)
Ruxshona O‘ktamova (67 kg).
Ta’kidlash joiz, mazkur musobaqada yurtdoshlarimiz para powerlifting bo‘yicha Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini yaxshilashdi.