Para pauerlifting terma jamoamiz Jahon kubogida 25 ta medal bilan finish qildi
O‘zbekiston terma jamoasi 16 ta oltin medal bilan musobaqani umumjamoaviy kuchli uchlikda yakunladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz
Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan para pauerlifting bo‘yicha Jahon kubogi o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi so‘nggi kun bellashuvlarida yana bir oltin medalga ega bo‘ldi.
Jamoaviy dastur doirasida Aqidaxon Axtamova, Mohichehra Fozilova va Ruxshona O‘ktamova ayollar o‘rtasidagi bellashuvda birgalikda yuqori natija qayd etib, O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi g‘alabasiga hissa qo‘shishdi.
Ayollar o‘rtasida jamoaviy dastur natijalari:
1. O‘zbekiston
2. Koreya Respublikasi
3. Kuba
Jahon kubogi yakunida O‘zbekiston terma jamoasi umumiy hisobda 16 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza — jami 25 ta medalni qo‘lga kiritdi va umumjamoa hisobida birinchi uchlikdan o‘rin egalladi.
Bakradze Iman
Redaktor