Para pauerlifting. Muslima Nuriddinova Jahon chempionati g‘olibi! Hisobimizga yana uchta medal qo‘shildi
Hozirda jamoamiz hisobida 7 ta medal mavjud: 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Qohira mezbonlik qilayotgan para pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining kechagi kuni biz uchun muvaffaqiyatli o‘tdi.
Kun davomida chiqish qilgan vakillarimizdan Muslima Nuriddinova (61 kg) A finalida umumiy hisobda 353 kg tosh ko‘tarib, barcha raqiblaridan ustun kelgan holda musobaqa oltin medaliga ega chiqdi.
67 kg vazn toifasidagi bellashuvlarda esa terma jamoamizning ikki a’zosi — Qudratoy Toshpo‘latova hamda Ruxshona O‘ktamova ishtirok etdi. E’tiborlisi, umumiy hisobdagi natijalar yakuniga ko‘ra, Toshpo‘latova 392 kg natija bilan kumush, Ruxshona O‘ktamova esa 363 kg toshni bo‘ysundirib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Hozirda jamoamiz hisobida 7 ta medal mavjud: 1 ta oltin, 3 ta kumush va 3 ta bronza.
Ibrohim Jalolov
Redaktor