locale OZ

Para pauerlifting. Jahon chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlashdi.

Qohira shahrida sakkiz kun davom etgan para pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para pauerliftingchilarimiz Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijasini qayd etishdi
Photo: Para Olimpiyada

Misrning Qohira shahrida sakkiz kun davom etgan para pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi dunyo birinchiligi yakunlandi.

Unda ishtirok etgan hamyurtlarimiz musobaqaning so‘nggi kunida yana 2 ta medalga ega chiqishdi. Jamoaviy bellashuvlar tashkil etilgan kechagi kun davomida vakillarimiz ayollar o‘rtasidagi bahslarda hamda aralash jamoaviy dasturda kumush medallarni qo'lga kiritishdi.

Shu tariqa, terma jamoamiz Jahon chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlashdi. Quvonarlisi, ilk bor o’zbekistonlik ayol sportchi para pauerlifting bo’yicha dunyo birinchiligida tengsiz bo’ldi.

G'olib va sovrindorlarimiz:

Oltin:
1. Muslima Nuriddinova (61 kg).

Kumush:
2ta kumush. Bekzod Jamilov (80 kg)
Kumush. Qudratoy Toshpo'latova (67 kg)
Kumush. Ayollar o'rtasida jamoaviy dasturda (Aqidaxon Axtamova, Nasiba Toshpo’latova, Ruxshona O’ktamova)
Kumush. Aralash jamoaviy dasturda (Bekzod Jamilov, Muslima Nuriddinova, Xusniddin Usmonov).

Bronza:
2 ta bronza. Nasiba Toshpo'latova (45 kg)
Bronza. Ruxshona O'ktamova (67 kg).

Ta'kidlash joiz, mazkur musobaqada yurtdoshlarimiz para pauerlifting bo'yicha Jahon chempionatlaridagi eng yaxshi natijalarini yaxshilashdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting