Para pauerlifting. Bekzod Jamilov Jahon chempionatida ikkita medalga ega chiqdi
Hamyurtimiz 222 kg natija bilan eng yaxshi ko‘rsatkichlar qatorida ikkinchi bo‘ldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Para Olimpiyada
Misrning Qohira shahrida para pauerlifting bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatining dastlabki kungi bellashuvlari ortda qoldi.
Kun davomida erkaklar o‘rtasida 80 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Bekzod Jamilov A finalida muvaffaqiyatli chiqish qilib, jamoamiz hisobiga 2 ta kumush medalni taqdim etdi.
Hamyurtimiz 222 kg natija bilan eng yaxshi ko‘rsatkichlar qatorida ikkinchi bo‘ldi, bundan tashqari, Jamilov umumiy hisobda 656 kg natija bilan yakunda yana bir kumush medalni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor