locale OZ

Para pauerlifting: Bahrayn mezbonligidagi Jahon chempionati taqvimi e'lon qilindi

Joriy yilda Bahrayn ilk bor para pauerlifting bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para pauerlifting: Bahrayn mezbonligidagi Jahon chempionati taqvimi e'lon qilindi
Photo: Para Olimpiyada

Para pauerlifting: Bahrayn mezbonligidagi Jahon chempionati taqvimi e'lon qilindi

Joriy yilda Bahrayn ilk bor para pauerlifting bo'yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. Musobaqalar 27-noyabr kuni o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi bellashuvlar bilan start oladi. Shundan so‘ng, 28-noyabrdan 5-dekabrgacha kattalar o'rtasida dunyo birinchiligi bahslari o‘tkaziladi.

Bahrayn-2026 musobaqasi WPPO tarixida Jahon chempionatlari ketma-ket uch yil davomida o‘tkazilayotgan ilk holat bo‘ladi. Bu Osiyo qit'asida o‘tkazilayotgan sakkizinchi chempionat hisoblanadi. Eslatib o'tamiz, Qohirada bo’lib o’tgan 2025-yilgi birinchilikda vakillarimiz Elita toifasidagi bahslarda 1 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza, o'smir-yoshlar o'rtasidagi bellashuvlarda esa 7 ta oltin, 11 ta kumush hamda 9 ta bronza medallariga ega chiqishgan edi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting