locale OZ

Para olimpiada. Yegor Bolotov Jahon chempionatining bronza medali sohibi!

Para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Singapurda davom etayotgan Jahon chempionatida ilk medaliga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para olimpiada. Yegor Bolotov Jahon chempionatining bronza medali sohibi!
photo: Para olimpiya

Para suzish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Singapurda davom etayotgan Jahon chempionatida ilk medaliga ega chiqdi. Erkaklar o‘rtasida S13 klassida 100 m masofaga erkin usulda suzish bahslari finalida startga chiqqan hamyurtimiz Yegor Bolotov 53.13 soniyada marraga yetib kelib, uchinchi natijani qayd etdi. Bu orqali Yegor terma jamoamiz hisobiga bronza medalini taqdim etdi.

Jahon chempionati
Erkaklar o‘rtasida 100 m masofaga erkin usulda suzish (S13 klassi)
Oltin - Yegor Shitkovskiy (Neytral maqomdagi sportchi) - 51.27
Kumush - Vitaliy Sibruik (Neytral maqomdagi sportchi) - 52.34
Bronza - Yegor Bolotov (O‘zbekiston) - 53.13.

100 m masofaga batterflyay usulida suzish bahslarida qatnashgan Azizbek Boynazarov (S8) esa hal qiluvchi bosqichda oltinchi bo‘ldi. Musobaqa ertaga davom ettiriladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting