locale OZ

Para kanoechilarimizning qit’a birinchiligidagi oltin medallari soni yana bittaga ortdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para kanoechilarimizning qit’a birinchiligidagi oltin medallari soni yana bittaga ortdi
PHOTO: Telegram

Pattayya-Rayong shahrida (Tailand) para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatining uchinchi kungi bellashuvlari o‘tkazildi.

Kun davomida O‘zbekiston terma jamoaasining bir nafar vakilasi — Shahnoza Mirzayeva bahslarga kirishdi. KL2 500 klassida ishtirok etgan hamyurtimiz barcha raqiblaridan ustun kelib, oltin medalga ega chiqdi.

Shahnoza Mirzayeva (O‘zbekiston) — 02:26.287
Shahla Bexrouzirad (Eron) — 02:29.977
Mora Patchisa (Tailand) — 02:38.865.

Bugungi bahslardan keyin terma jamoamizning umumiy medallari soni 10 taga yetdi: 6 ta oltin va 4 ta kumush.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting