locale OZ

Para kanoechilarimiz Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para kanoechilarimiz Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi
PHOTO: Telegram

Kecha Tailandning Pattayya-Rayong shahrida para kanoe bo‘yicha qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa yakunlariga ko‘ra, medallar jamg‘arish reytingida birinchi bo‘lishdi. Vakillarimiz Osiyo chempionatini 7 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza, jami 14 ta medal bilan yakunlashdi.

G‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin:

Shahnoza Mirzayeva (KL2 200 va KL2 500 dasturlarida)
Shahzoda Mamadaliyeva (VL3 200 va VL3 500 dasturlarida)
Hasan Qo‘ldoshev (KL3 200 dasturida)
To‘rabek Nazarqulov (VL3 200 dasturida)
Hayitmurod Sherqo‘ziyev (VL3 500 dasturida).

Kumush:

Hayitmurod Sherqo‘ziyev (VL3 200 dasturida)
Oybek Yo'ldoshev (KL2 200 dasturida)
Iroda Rustamova (VL2 200 dasturida)
Hasan Qo‘ldoshev (KL3 500 dasturida)
To‘rabek Nazarqulov (VL3 500 dasturida)
Azizbek Abdulhabibov (KL2 500 dasturida).

Bronza:

Oybek Yo‘ldoshev (KL2 500 dasturida).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting