locale OZ

Para kanoe. O'zbek sportchilari Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi

4-7-iyun kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qit’a birinchiligi tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para kanoechilarimiz Osiyo chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi
Photo: Para Olimpiyada

4-7-iyun kunlari Qozog‘istonning Turkiston shahrida para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha qit’a birinchiligi tashkil etildi. Musobaqada terma jamoamizning 12 nafar vakillari ishtirok etib, yakunda vakillarimiz tomonidan 9 ta oltin, 7 ta kumush hamda 3 ta bronza medallari qo‘lga kiritildi.

Oltin:
Irodaxon Rustamova (VL2 200 m, VL2 500 m)
Azizbek Abdulxabibov (KL2 200 m, KL2 500 m)
Shahzoda Mamadaliyeva (VL3 200 m)
Shahnoza Mirzayeva (KL3 200 m)
To‘rabek Nazarqulov (VL3 200 m)
Hasan Qo‘ldashev (KL3 500 m)
Haytmurod Sherqo‘ziyev (VL3 500 m).

Kumush:
Farida Abduraimova (KL1 200 m, VL2 500 m)
Hasan Qo‘ldashev (KL3 200 m)
Haytmurod Sherqo‘ziyev (VL3 200 m)
Shahzoda Mamadaliyeva (VL3 500 m)
Shahnoza Mirzayeva (KL3 500 m)
To‘rabek Nazarqulov (VL3 500 m).

Bronza:
Oybek Yo‘ldoshev (KL2 200 m, KL2 500 m)
Hasan Sulaymonov (KL3 500 m).

Mazkur natija orqali hamyurtlarimiz Osiyo chempionatini medallar reytingida peshqadam sifatida yakunlashdi. Eslatib o‘tamiz, para kanoechilarimiz 2025-yilgi Osiyo chempionatida 7 ta oltin, 6 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishgandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting