Para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatini oltin medallar bilan boshladik
Xabar berganimizdek, Tailandning Pattayya shahrida para kanoe bo‘yicha qit’a birinchiligi start oldi. Musobaqaning ilk kuni doirasida O‘zbekiston para kanoe terma jamoasining uch nafar a’zolari — Shahnoza Mirzayeva, Hasan Qo‘ldoshev va Hasan Sulaymonov ham startga chiqdi.
Quvonchlisi, ikki nafar para sportchimiz bellashuvlar yakuniga ko‘ra musobaqa shohsupasiga ko‘tarildi. 26 yashar Shahnoza Mirzayeva KL2 200 klassida tengsiz bo‘lgan bo‘lsa, KL3 200 dasturida terma jamoamizning boshqa bir vakili — Hasan Qo‘ldoshev oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shuningdek, ushbu klassdagi bahslarda ishtirok etgan Hasan Sulaymonov to‘rtinchi natijani qayd etdi.
Para kanoe
Ayollar o‘rtasida KL2 200 klassida:
Oltin medal. Shahnoza Mirzayeva (O‘zbekiston) — 50.242
Kumush medal. Shahla Bexrouzirad (Eron) — 53.943
Bronza medal. Mora Patchisa (Tailand) — 59.706.
Erkaklar o‘rtasida KL3 200 klassida:
Oltin medal. Hasan Qo‘ldoshev (O‘zbekiston) — 43.466
Kumush medal. Manish Kaurav (Hindiston) — 43.615
Bronza medal. G‘eysari Masuud (Eron) — 43.704
To'rtinchi o'rin. Hasan Sulaymonov (O‘zbekiston) — 45.959.
Osiyo chempionatining ertangi kungi bellashuvlari doirasida O‘zbekiston para kanoe terma jamoasining yana 9 nafar a’zosiga muxlislik qilamiz.