locale OZ

Para kanoe: Azizbek Abdulxabibov va Shahzoda Mamadaliyeva Jahon chempionatining bronza medallariga sazovor bo'ldi

Besh kun davom etgan dunyo birinchiligida O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para kanoe: Azizbek Abdulxabibov va Shahzoda Mamadaliyeva Jahon chempionatining bronza medallariga sazovor bo'ldi
photo: paralympic

Poznan shahrida (Polsha) para kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Besh kun davom etgan dunyo birinchiligida O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Erkaklar o'rtasida KL2 klassida 200 m masofaga kechgan bahslarda Azizbek Abdulxabibov marrani uchinchi bo'lib kesib o'tdi va Jahon chempionatlaridagi ikkinchi medalini qo'lga kiritdi:

1-o'rin. Kyortis MakGreyt (🇦🇺Avstraliya)
2-o'rin.Fernando Rufino de Paulo (🇧🇷Braziliya)
3-o'rin.Azizbek Abdulxabibov (🇺🇿O'zbekiston).

Bundan tashqari, ayollar o'rtasidagi VL3 toifasining 200 m masofaga mo'ljallangan bellashuvlarida terma jamoamiz vakilasi Shahzoda Mamadaliyeva bronza medaliga sazovor bo'ldi:

1-o'rin. Xoup Gordon (🇬🇧Buyuk Britaniya)
2-o'rin. Yongyuang Chong (🇨🇳Xitoy)
3-o'rin. Shahzoda Mamadaliyeva (🇺🇿O'zbekiston).

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting