locale OZ

Para dzyudochilarimiz San-Paulo Gran-prisini kuchli beshlikda yakunlashdi

29 mamlakatdan 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Para dzyudochilarimiz San-Paulo Gran-prisini kuchli beshlikda yakunlashdi
Фото: ParalympicUz

Braziliyaning San-Paulo shahrida para dzyudo bo‘yicha IBSA xalqaro Gran-pri turniri nihoyasiga yetdi. 29 mamlakatdan 150 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etgan mazkur turnirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Musobaqaning ikkinchi kunida Mohinur Parmonova kumush medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Turg‘un Abdiyev, Dovurxon Karomatov hamda Uljon Amriyeva shohsupaning uchinchi pog‘onasidan joy olishdi.

Kumush:

Mohinur Parmonova (J2, +70 kg).

Bronza:

Turg‘un Abdiyev (J1, 95 kg)
Dovurxon Karomatov (J2, 95 kg)
Uljon Amriyeva (J1, 60 kg).

Shu tariqa, vakillarimiz San-Paulo xalqaro Gran-prisini umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinda nihoyasiga yetkazishdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting