Para dzyudo bo'yicha yoshlar va kattalar o’rtasida joriy yilgi O'zbekiston chempionati nihoyasiga yetdi
20-21-dekabr kunlari poytaxtimizdagi Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi para dzyudo bo‘yicha yoshlar hamda kattalar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligiga mezbonlik qildi.
Musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan jami 260 nafar atletlar ishtirok etishdi.
Yoshlar o'rtasidagi bellashuvlarda umumjamoa hisobida kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish oldi:
1-o‘rin Toshkent shahri;
2-o‘rin Namangan viloyati;
3-o‘rin Surxondaryo viloyati.
Kattalar o'rtasidagi bellashuvlarda umumjamoa hisobida kuchli uchlik quyidagicha ko'rinish oldi:
1-o'rin Surxondaryo viloyati
2-o'rin Qashqadaryo viloyati
3-o'rin Toshkent shahri.
Chempionatning tantanali taqdirlash marosimida O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi hamda Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi rahbariyati ishtirok etib, g'olib va sovrindorlarga maxsus diplomlarni topshirishdi.