locale OZ

«Pantera Sport Club» Qozog‘istondagi turnirda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi

Olma-ota shahrida dzyudo bo‘yicha «Abilayxan Open Cup» turniri bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Pantera Sport Club» Qozog‘istondagi turnirda umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi
photo: judouz

Uchinchi bor tashkil etilgan ushbu an’anaviy xalqaro musobaqada Qozog‘iston, O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasidan 1000 nafarga yaqin yosh dzyudochilar medallar yzlida o‘zaro bellashishdi. Turnir to‘rtta yosh toifasi - 2010-2011, 2012-2013, 2014-2015 va 2016-2017 yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida tashkil etildi.

Quvonarlisi, «Abilayxan Open Cup» turnirida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bobur Rizayev va Abdulbosit Abduvahobov murabbiyligidagi «Pantera Sport Club» klubi tarbiyalanuvchilari 6 ta oltin, 4 ta kumush, 2 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi. Qozog‘istonning "Ippon Judo Club" va sport maktab-internati jamoalari kuchli uchlikda joy olishdi.

Ushbu g‘alaba O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ustuvor yo‘nalishlarni to‘g‘ri belgilaganining yorqin ifodasi bo‘ldi. Bugungi kunda klub tizimini rivojlantirish strategik vazifa hisoblanadi: har bir viloyatida zamonaviy ixtisoslashtirilgan zallar qurilgan bo‘lib, ularda minglab bolalar dzyudo sir-asrorlarini o‘rganishmoqda. Muntazam klub turnirlari sog‘lom raqobatni yaratadi, ommaviylikni kuchaytiradi va kelajakdagi chempionlar avlodini tayyorlaydi.

Ma’lumot uchun, ushbu klub tarbiyalanuvchilarining aksariyati poytaxtimizdagi 102-umumta’lim maktabi hududida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi tashabbusi bilan bunyod etilgan sendvich panelli, ixtisoslashtirilgan dzyudo zalida shug‘ullanishadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting