locale OZ

Panamerika Kurash haftaligi: IKA xalqaro standartlarni Amerika qit’asida keng joriy etmoqda

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro namunadagi sertifikatlar topshirildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Panamerika Kurash haftaligi: IKA xalqaro standartlarni Amerika qit’asida keng joriy etmoqda
photo: Kurash Uzbekistan

Dominikan Respublikasining Boka Chika shahrida o’tkazilayotgan Panamerika Kurash haftaligi doirasida murabbiylar va hakamlar uchun xalqaro o’quv-seminarlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Mazkur seminarlar Panamerika Kurash chempionati bilan bir qatorda tashkil etilib, qit’ada kurash sportining texnik va tashkiliy salohiyatini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Seminarlarda Meksika, Kosta-Rika, Venesuela, Kolumbiya, Chili, Gaiti, Dominikan Respublikasi, Peru hamda Panamerika mintaqasining boshqa davlatlaridan tashrif buyurgan murabbiylar va hakamlar faol ishtirok etdi.

Mashg’ulotlar Xalqaro Kurash Instituti ekspertlari tomonidan Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining tasdiqlangan o’quv dasturlari asosida olib borildi. Treninglar davomida ishtirokchilarga murabbiylik va hakamlik faoliyatining zamonaviy talablari, xalqaro musobaqalarni boshqarish mezonlari, amaldagi qoidalar hamda amaliy tajribalar bo’yicha amali va nazariy mashg’ulotlar olib borildi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga xalqaro namunadagi sertifikatlar topshirildi. Taqdirlash marosimida Panamerika Kurash Ittifoqi Prezidenti Jaime Casanova, murabbiylik yo’nalishi bo’yicha xalqaro ekspert Ajmal Isaq Zai hamda hakamlik yo’nalishi bo’yicha xalqaro ekspert Kim Eur Joong ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Panamerika Kurash haftaligi doirasidagi barcha musobaqalar va ta’lim dasturlari Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi rahbarligida tashkil etilmoqda. IKA Prezidenti vazifasini bajaruvchi Ziyoviddin Xojiniyazov boshchiligida amalga oshirilayotgan ushbu tashabbuslar kurashning xalqaro maydondagi nufuzi va geografiyasini kengaytirish, hakamlik va murabbiylik tizimini yagona xalqaro standartlar asosida rivojlantirish hamda qit’alararo sport hamkorligini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting