locale OZ

Paddy Pimblett: Topuriyaga qulay raqiblar tanlab berishgan

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC jangchisi Paddy Pimblett sobiq chempion Iliya Topuriyani tanqid qildi va uning chempionlik sari yo'lini shubha ostiga oldi.

“Topuriya ko'p narsaga erishdi, lekin unga faqat qulay raqiblar tanlab berishdi. Masalan, Holloway Topuriya bilan to'qnashishidan oldin Justin Gaethjega qarshi juda og'ir jang o'tkazgan. Volkanovski esa jangdan 2-3 oy oldin nokautga uchragan edi. Josh Emmett 37 yoshda, Bryce Mitchell esa zarbada zaif.

Mening ham ustimdan tanqidlar bo'ladi, lekin Topuriya chempionlik sari yuzlashgan raqiblarni Michael Chandler ham yengardi. Hattoki Bobby Green ham ularni ortda qoldira olardi”, — dedi Pimblett.

Eslatib o'tamiz, Iliya Topuriya 29 iyun kuni engil vazn chempionlik kamar uchun Charles Oliveira qarshi oktagonga chiqadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting