locale OZ

Paddy Pimblett okatonga qaytish vaqti haqida ma'lumot berdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: gettyimages.com

UFC’ning engil vazn toifasida (70 kg) 8-o‘rinda joylashgan britaniyalik jangchi Paddy Pimblett navbatdagi jangini qachon o‘tkazishi mumkinligini ochiqladi.

“Chandler bilan jangdan oldin ham, men oktyabr oyida Abu-Dabidagi turnirda okatonga chiqishim kerak edi. UFC har yili BAA poytaxtida raqamlangan turnir tashkil qiladi. Men aynan shu shouda jang qilishni orzu qilaman. O‘ylashimcha, oktyabr oyi men uchun navbatdagi jangga qaytish uchun ideal vaqt bo‘ladi”, — dedi Pimblett o‘zining YouTube-kanalidagi podkastda.

Ma’lumot uchun, 30 yoshli Pimblett 2021 yildan beri UFC tarkibida jang qilib keladi. Uning hisobida 7 ta g‘alaba bor va hozirgacha mag‘lubiyatga uchramagan. So‘nggi jangini u mart oyida UFC 313 turniri doirasida Michael Chandlerga qarshi o‘tkazib, raqibini texnik nokaut bilan mag‘lub etgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting