locale OZ

O'zDJTSUda sport klublari rahbarlari uchun amaliy o'quv seminari davom etmoqda

Yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida dolzarb mavzular va ilg'or tajribalar muhokama qilinmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalaridagi sport klublari rahbarlari uchun o‘quv-seminar kursi qizg‘in davom etmoqda. Ushbu kurs orqali sohadagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni oshirish maqsad qilingan bo‘lib, yetakchi mutaxassislar tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qilmoqda.

Jumladan:
• Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti rektori vazifasini bajaruvchi A.Amonov – “Oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini malakasini oshirish masalalari”;
• Universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor B.Musaev – “O‘zbekistonda “Kelajak o‘yinlari” sport turlarini rivojlantirish va yoshlar orasida targ‘ib qilish”;
• O‘zbekiston talabalar sporti assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari, professor J.Akramov – “O‘zbekiston talabalar milliy terma jamoasining Butunjahon talabalar Universiadasida ishtirok etish tizimi”;
• Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i F.Turdiev – “Sport klublari faoliyatida xorij tajribasi”;
• Universitetga xorijdan jalb etilgan yetakchi olim G.Korobeynikov – “Jang san’atida qaror qabul qilish va harakat tezligi”.

Bu ma’ruzalar kurs tinglovchilarining katta qiziqishini uyg‘otdi va har bir mavzu yuzasidan faol muhokamalar o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv-seminar kursi 19 iyun kuni ham o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting