O'zDJTSUda O‘zbek jang sanʼati turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi!
Chirchiq shahrida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Sport majmuasida milliy sport turimiz hisoblangan O‘zbek jang san’ati bo‘yicha o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari boshlandi.
6-mart kuni start olgan mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda respublikamizning barcha viloyatlaridan qariyb 1500 nafar sportchi “Kompleks mashq”, “Temuriylar jang usuli”, “Koʻrgazmali chiqish” va “Assalom tong” yo‘nalishlarida o‘zaro kuch sinashmoqda.
Shuningdek, bugun chempionatning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Yuqori saviyada o‘tgan ushbu ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov hamda O‘zbek jang san’ati federatsiyasi raisi Po‘lat Usmonov ishtirok etdi.