locale OZ

O‘zDJTSU va Kukkiwon: xalqaro aloqalarda yangi bosqich boshlandi!

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zDJTSU va Kukkiwon: xalqaro aloqalarda yangi bosqich boshlandi!
PHOTO: Telegram

Ma’lumki, bugungi kunda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi ochiq va do‘stona muloqotlar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish imkonini bermoqda. Ayniqsa, ushbu hamkorlik aloqalari ko‘lami ta’lim, fan, madaniyat hamda sport kabi qator yo‘nalishlarda ham yangi bosqichga chiqib ulgurgan.

Xususan, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ham Janubiy Koreyaning bir qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan bir qatorda turli sport tashkilotlari bilan ham hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ymoqda.

Jumladan, bugun, 11-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga Butunjahon “Kukkiwon” taekvondo akademiyasi Prezidenti Lee Dong Sup boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Faxriy mehmonlar universitet rektori Rashid Matkarimov boshchiligidagi universitet jamoasi tomonidan munosib kutib olinib, tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Dastlab, faxriy mehmonlar universitet tarix muzeyini ko‘zdan kechirib, muzeydagi eksponatlar bilan yaqindan tanishdi. Shundan so‘ng tomonlar O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasidagi do‘stona aloqalar nafaqat siyosiy-iqtisodiy, balki ta’lim, madaniyat va sport sohasida ham keng ravishda olib borilayotgani alohida qayd etib, kelgusida O‘zbekistonda taekvondo sportini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, talabalar va sportchilar almashinuvi dasturlari hamda birgalikda trening va seminarlar tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting