O'zbekistonning zamonaviy beshkurash bo'yicha sportchilari Osiyo chempionati finaliga chiqdi
O'zbekistonning zamonaviy beshkurash bo'yicha sportchilari Osiyo chempionati finaliga chiqdi!
Indoneziyaning Yogyakarta shahrida Osiyo zamonaviy beshkurash chempionati davom etmoqda, unda O'zbekiston jamoasi yarim finalni muvaffaqiyatli yakunlab, finalga yo'l oldi.
Quyidagi sportchilar finalda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdilar:
Mehriniso Qahramonova
Samira Abzalova
Sabina Yuldasheva
Mubina Qodirjonova
Muzayana Muratalieva
Sportchilarimiz yuqori darajadagi tayyorgarlik, o'ziga ishonch va chinakam jangovar ruhni namoyish etib, O'zbekistonni xalqaro maydonda munosib himoya qilishdi. 🇺🇿
Ertaga erkaklar yarim finali bo'lib o'tadi va 14-may kuni ayollar jamoasi Osiyo chempionatida medallar uchun kurashadi.
Jamoamizga omad, ishonchli chiqishlar va ajoyib natijalar tilaymiz!