locale OZ

O‘zbekistonning slalom bo‘yicha terma jamoasi Jahon kubogiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda

Pragadagi 3-bosqich oldidan terma jamoa xalqaro yig‘inga kirishdi, avgustda esa Osiyo chempionati kutyapti
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekistonning grebnoy slalom bo‘yicha terma jamoasi 27–29 iyun kunlari Chexiya poytaxti Praga shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogi 3-bosqichiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Sportchilarimiz tayyorgarlikni mahalliy murabbiylar hamda xalqaro mutaxassis Samuel Xernandes boshchiligida xalqaro yig‘in doirasida olib bormoqda. Ushbu bosqichda dunyo bo‘ylab saralangan 100 dan ortiq eng kuchli slalomchilar ishtirok etishi kutilmoqda.

Jahon kubogining ushbu bosqichida qatnashadigan terma jamoamiz tarkibiga o‘zgarishlar kiritilgan:

C-1:
– Anvar Klevleev
– Sherzod Qurbonaliyev

K-1:
– Pavel Eigel
– Janibek Temirgaliev

CSLxM:
– Pavel Eigel
– Janibek Temirgaliev

Ma'lumot uchun, avgust oyida terma jamoamiz to‘liq tarkibda Xitoyda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting