O‘zbekistonning «NAFKU racing team» jamoasi Qirg‘izistondagi musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 38 dan ortiq kuchli drifterlar hamda 9 ta jamoa ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston Respublikasi ochiq drifting chempionatining uchinchi bosqichi — final bahslari yakunlandi.
Ushbu musobaqada Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekistondan 38 dan ortiq kuchli drifterlar hamda 9 ta jamoa ishtirok etdi.
Musobaqaning final bahslari yakuniga ko‘ra o‘zbekistonlik pilot Li Sen Man eng yuqori natija ko‘rsatib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan birga "NAFKU racing team" jamoaviy hisobda chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist