Oʻzbekistonliklar derbisida Elbek Toʻlqinovdan ikkita gol!
Bir kun muqaddam futzal boʻyicha Xitoy milliy chempionatida muxlislar oʻzbekistonliklar derbisining shohidi boʻlishdi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Elbek Toʻlqinov oʻynayotgan va Shuhrat Tojiboev bosh murabbiyligidagi "Singtao Xaes" jamoasi Superliganing yana bir yetakchi klubi “Xatire”ga qarshi parketga chiqdi. Bu klub sharafini esa milliy terma jamoamizning yana ikki nafar aʼzolari – Ixtiyor Ropiyev hamda Anasxon Rahmatovlar himoya etishmoqda. Shuningdek, mazkur klubda To'ychi Berdiyev ham faoliyat yuritmoqda.
Qiziqarli va gollarga boy oʻtgan “oʻzbek derbisi”da tomonlar durangga imzo chekishdi – 5:5. Eʼtiborli jihati har ikkala jamoa tarkibida oʻynayotgan hamyurtlarimiz klublarining yetakchilari sifatida koʻzga tashlandi. Elbek Toʻlqinov bu oʻyinda dublga erishgan boʻlsa, Anasxon Rahmatov hamda Ixtiyor Ropiyevlar jamoadoshlarining bittadan gollariga assistentlik qilishdi.
Xitoy Superligasi
4-tur. 11-may
"Singtao Xaes" – “Xatire” – 5:5