locale OZ

O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida medallarni qo‘lga kiritdilar

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik yosh shaxmatchilar jahon chempionatida medallarni qo‘lga kiritdilar
Rasm: Uza.uz Nilufarxon Imomqo‘ziyeva

20-28-mart kunlari Serbiyada FIDE doirasida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. O‘zbekistonlik shaxmatchilar a’lo natija ko‘rsatib, yettita medalni qo‘lga kiritishdi.

13 yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida Sarvinoz Begmuratova oltin medalga sazovor bo‘ldi. To‘qqizta turda u yetti yarim ochko to‘plab, birorta o‘yinda ham mag‘lubiyatga uchramadi. Ushbu natija tufayli Sarvinoz "WFM" (FIDE ayollar ustasi) unvonini qo‘lga kiritdi.
15 yoshgacha bo‘lganlar orasida Nilufarxon Imomqo‘ziyeva 7 ochko jamg‘arib, turnir g‘olibiga aylandi. U jahon reytingida 60 pog‘onaga ko‘tarildi. To‘qqiz yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida esa Nurmuhammad Ne’matullaxonov yetti yarim ochko bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

O‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida uchta oltin, ikkita kumush va ikkita bronza medalini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting