locale OZ

O‘zbekistonlik yosh og‘ir atletikachilardan Osiyo chempionatida medal “yog‘ini”

Terma jamoamiz 20 ta medalni qo‘lga kiritdi: 2 oltin, 10 kumush va 8 bronza
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik yosh og‘ir atletikachilardan Osiyo chempionatida medal “yog‘ini”
Rasm: Olympic.uz

Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi kunni muvaffaqiyatli yakunladi. Sportchilarimiz umumiy hisobda 20 ta medalni qo‘lga kiritishdi: 2 oltin, 10 kumush va 8 bronza.

Oltin medallar:
• 88 kg, o‘smirlar, siltab ko‘tarish – Munisbek Davletov
• 88 kg, o‘smirlar, ikki kurash – Munisbek Davletov

Kumush medallar:
• 88 kg, o‘smirlar, dast ko‘tarish – Munisbek Davletov
• 69 kg, o‘smirlar, siltab ko‘tarish – Dilnura Xoldorova
• 69 kg, o‘smirlar, ikki kurash – Dilnura Xoldorova
• 88 kg, yoshlar, siltab ko‘tarish – Bekzod G‘ofurjonov
• 88 kg, yoshlar, ikki kurash – Bekzod G‘ofurjonov
• 94 kg, yoshlar, dast ko‘tarish – Ruslan Rahmatjonov
• 94 kg, yoshlar, siltab ko‘tarish – Ruslan Rahmatjonov
• 94 kg, yoshlar, ikki kurash – Ruslan Rahmatjonov
• 77 kg, yoshlar, dast ko‘tarish – Gulshodaxon Dadamirzayeva
• 77 kg, yoshlar, ikki kurash – Gulshodaxon Dadamirzayeva

Bronza medallar:
• 69 kg, o‘smirlar, dast ko‘tarish – Dilnura Xoldorova
• 88 kg, o‘smirlar, dast ko‘tarish – Muhammadshokir Turdialiyev
• 88 kg, o‘smirlar, siltab ko‘tarish – Muhammadshokir Turdialiyev
• 88 kg, o‘smirlar, ikki kurash – Muhammadshokir Turdialiyev
• 94 kg, o‘smirlar, dast ko‘tarish – Alisher Osmanov
• 77 kg, yoshlar, siltab ko‘tarish – Gulshodaxon Dadamirzayeva
• 77 kg, o‘smirlar, siltab ko‘tarish – Amina Sharipova
• 77 kg, o‘smirlar, ikki kurash – Amina Sharipova

O‘zbekiston delegatsiyasi turnir davomida medal jamg‘arishda barqaror natijalarni namoyish etmoqda.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting