locale OZ

O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshladi

Musobaqaga Vyetnam mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik yosh kurashchilar Osiyo chempionatini 4 ta medal bilan boshladi
Photo: OlympicUz

Vyetnamning Vungtau shahrida sport kurashlari bo‘yicha U 17 va U 23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati boshlandi.

U 23 toifasidagi “klassik” kurashchilarning chiqishi bilan start olgan musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin, bittadan kumush va bronza medallariga sazovor bo‘ldi.

Abdulla Aliev va Samandar Bobonazarov musobaqaning ilk kunida oltin medalga sazovor bo‘lishdi.

Oltin medal:
-72 kg: Abdulla Aliev
-82 kg: Samandar Bobonazarov

Kumush medal:
-60 kg: Mehroj Bahromov

Bronza medal:
-67 kg: Og‘abek Muqimov

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting