O‘zbekistonlik yosh dzyudochilar jahon chempionatini umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda yakunlashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Bolgariyaning Sofiya shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatining yakka bahslari nihoyasiga yetdi. Musobaqaning bugungi bellashuvlari ham O‘zbekiston terma jamoasi uchun omadli o‘tdi.
Qizlar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida kurashgan Umida Nixmatova barcha raqiblarini mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, musobaqada 5 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamg‘argan dzyudochilarimiz umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi!
Dasturga ko‘ra ertaga aralash jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist