O‘zbekistonlik syorfingchi ilk bor Osiyo chempionatida qatnashadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Jahan Ramezani
Hindistonning Maxabalipuram shahrida syorfing bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
19 mamlakatdan 100 nafardan ortiq sportchi qatnashayotgan mazkur musobaqada birinchi bor O‘zbekiston milliy jamoasi a’zosi ham ishtirok etyapti.
Ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarda O‘zbekiston sharafini 20 yoshli sportchi Maya Karl himoya qilmoqda.
An’anaga muvofiq, ochilish marosimida musobaqaning barcha ishtirokchilari maxsus idishni o‘z mamlakatlaridan olib kelingan qum bilan to‘ldirishdi. Sportchimiz bu tadbirda idishni Orol dengizidan olib kelingan qum bilan boyitdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist