O‘zbekistonlik sportchilar xalqaro turnirda 7 ta medalni qo‘lga kiritishdi
Musobaqada 20 dan ortiq davlatlardan 400 ga yaqin sportchilar ishtirok etishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
4-8 oktabr kunlari Ostona (Qozog‘iston) shahrida qo‘l jangi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon kubogi final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 20 dan ortiq davlatlardan 400 ga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada 34 nafar sportchi bilan qatnashdi.
Musobaqada umumjamoa hisobida:
1-o‘rinni O‘zbekiston (8 ta oltin, 9 ta kumush, 10 ta bronza medallari bilan)
2-o‘rinni Qozog‘iston (6 ta oltin, 5 ta kumush, 14 ta bronza medallari bilan)
3-o‘rinni Tojikiston (1 ta oltin medal bilan) jamoalari egallashdi.
O‘zini himoya qilish yo‘nalishida terma jamoamiz tomonidan 2 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza medali qo‘lga kiritildi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist