O‘zbekistonlik shaxmatchilar Pamukkale turnirida muvaffaqiyat qozondi
Muhammadzohid Suyarov, Guldona Karimova va Nilufer Yakubboeva mukofotli o‘rinlarni egallashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
5–13 iyul kunlari Turkiyaning Pamukkale shahrida xalqaro shaxmat turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 22 mamlakatdan 1 032 nafar shaxmatchi qatnashdi. O‘zbekiston sharafini 13 nafar iqtidorli shaxmatchi himoya qildi.
Yakunda yosh hamyurtimiz Muhammadzohid Suyarov 6,5 ochko to‘plab, umumiy hisobda 3-o‘rinni egalladi va shaxmat reytingiga 12 ochko qo‘shib oldi.
Ayollar o‘rtasidagi natijalarga ko‘ra, Guldona Karimova 2-o‘rinni, Nilufer Yakubboeva esa 3-o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.
Bu natijalar o‘zbek shaxmatchilari xalqaro musobaqalarda barqaror ishtirok etib kelayotganini yana bir bor tasdiqladi.
Bakradze Iman
Redaktor