O‘zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarov kubok sohibi bo‘ldi
U finalda xitoylik raqibidan ustun keldi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Chess Uzbekistan
Hindistonning Goa shahrida FIDE Jahon Kubogi-2025 musobaqasi yakunlandi.
Musobaqa finalida o‘zbekistonlik Javohir Sindarov Xitoy vakili Wei Yi'ga qarshi bahs olib bordi.
G‘olib nomi tay-breykda aniqlandi. Unda Sindarov muvaffaqiyatli dona surib, jahon kubogi g‘olibi nomiga ega bo‘ldi.
Musobaqa sovrin jamg‘armasi 2 mln dollarni tashkil etadi. G‘olibga 120 ming dollar beriladi. Shuningdek, Javohir Sindarov 2026 yilgi Nomzodlar turniriga rasmiy yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, Javohir Sindarov yarim finalda yana bir o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboevni mag‘lub etgandi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist