O‘zbekistonlik sambochilarimiz xalqaro turnirda zafar quchdi
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 8 ta oltin, bittadan kumush va bronza medaliga ega chiqdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Olympic.uz
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida sambo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnirda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari 8 ta oltin, bittadan kumush va bronza medaliga ega chiqdi.
Jumladan, nufuzli musobaqada Stepan Zyablov, Alan Kim, Akmal Azimov, Fazliddin Lutfiddinov, Vladislav Te, Ivan Zyablov, Firdavs Lutfiddinov va Rustam G‘oziev kabi sambochilarimiz o‘z vazn toifalarida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Imron Habibullaev va Arseniy Odilov terma jamoamiz hisobiga kumush hamda bronza medallarini olib keldi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist