locale OZ

O‘zbekistonlik sablyachi qizlar Osiyo chempionatida bronza medaliga sazovor bo‘lishdi

Jamoaviy bellashuvda qizlarimiz Xitoyni mag‘lub etib, faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Indoneziyaning Bali shahrida o‘tkazilayotgan qilichbozlik bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yutug‘ini qayd etdi.

Ayollar o‘rtasidagi sablya yo‘nalishida terma jamoamiz faxrli bronza medalini qo‘lga kiritdi. Saralash bosqichida Xitoy Taypeyi va Gonkong jamoalarini mag‘lub etgan qizlarimiz yarim finalda Janubiy Koreya termasiga 42:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Biroq uchinchi o‘rin uchun bellashuvda jamoamiz jahonning yetakchi jamoalaridan biri — Xitoy termasi ustidan 45:43 hisobida g‘alaba qozonib, p’edeshtalning uchinchi pog‘onasini egallashdi.

Ushbu natija terma jamoamiz a’zolarining salohiyati va tayyorgarlik darajasini yana bir bor namoyon etdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting