O'zbekistonlik qilichbozlar Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi
O'zbekistonlik qilichbozlar Osiyo chempionatida bronza medalini qo'lga kiritdi
O'zbekiston ayollar qilichbozlik jamoasi Osiyo qilichbozlik chempionatining jamoaviy musobaqasida bronza medalini qo'lga kiritdi.
Jamoa tarkibida Zaynab Daybekova, Guliston Perdebaeva, Lara Fernanda Herrera va Ayakoz Jumamurotova bor edi.
Sovrinli o'rinlar quyidagicha taqsimlandi:
1-o'rin. Koreya Respublikasi
2-o'rin. Yaponiya
3-o'rin. Xitoy
3-o'rin. O'zbekiston
Eslatib o'tamiz, Guliston Perdebaeva Osiyo chempionatida shaxsiy musobaqada ham bronza medalini qo'lga kiritdi.
Sportchilarimizni, murabbiylar shtabini va jamoani tayyorlashda ishtirok etgan barcha mutaxassislarni ushbu ajoyib natija bilan tabriklaymiz. Shuningdek, Osiyo chempionatining barcha g'olib va sovrindorlarini hamda ularning murabbiylarini tabriklaymiz.
O'zbekiston jamoasiga bo'lajak musobaqalarda omad tilaymiz. Ertaga erkaklar rapira qilichbozlari va ayollar shpaga qilichbozlari qit'a chempionatlarida medallar uchun kurashni davom ettirish uchun Osiyo chempionati yo'laklariga chiqishadi.