O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Jahon chempionatida ilk oltin medallarini qo‘lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik og‘ir atletikachilar Jahon chempionatida ilk oltin medallarini qo‘lga kiritishdi
Peruda bo‘lib o‘tayotgan o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
+81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Mohinur Esonboeva va -102 kgda bahs olib borgan Alisher Usmonov jami 3 ta oltin va 3 ta kumush medalni terma jamoa xazinasiga qo‘shishdi.
Oltin medallar:
Mohinur Esonboeva — +81 kg (qizlar, rıvok)
Mohinur Esonboeva — +81 kg (qizlar, ikki kurash umumiy natijasi)
Alisher Usmonov — -102 kg (o‘g‘illar, rıvok)
Kumush medallar:
Mohinur Esonboeva — +81 kg (qizlar, siltab ko‘tarish)
Alisher Usmonov — -102 kg (o‘g‘illar, siltab ko‘tarish)
Alisher Usmonov — -102 kg (o‘g‘illar, ikki kurash umumiy natijasi)
Bakradze Iman
Redaktor