locale OZ

Oʻzbekistonlik kurashchi Alisher Gʻaniyev Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oʻzbekistonlik kurashchi Alisher Gʻaniyev Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi
Oʻzbekistonlik kurashchi Alisher Gʻaniyev Germaniya klubi bilan shartnoma imzoladi

Osiyo chempionatida kumush medalga sazovor boʻlgan oʻzbek polvoni Alisher Gʻaniyev Germaniyaning «Klyaynosthaym Uorriorz» klubi safida faoliyatini davom ettiradi. Joriy yil mart oyida Iordaniyaning Amman shahrida kattalar oʻrtasidagi Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekistonning yunon-rum kurashi boʻyicha terma jamoasi aʼzosi, -60 kg vazn toifasidagi Alisher Gʻaniyev kumush medalni qoʻlga kiritdi.

Osiyo chempionatidagi muvaffaqiyatli chiqishidan soʻng, Gʻaniyev Germaniya Bundesligasida ishtirok etuvchi «Klyaynosthaym Uorriorz» klubi bilan shartnoma imzoladi. Alisher Gʻaniyev Germaniya chempionatida kurashayotgan ilk oʻzbekistonlik emas. Undan avval Gulomjon Abdullayev va Aram Vardanyan ham Bundesligada ishtirok etgan.

Shuningdek, 2024 yilda Alisher Gʻaniyev 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi yunon-rum kurashi boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqib, ushbu musobaqada Oʻzbekiston uchun tarixiy natija qayd etgan edi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting