O‘zbekistonlik karatechilar jahon chempionatida ishtirok etishadi
Karate bo‘yicha terma jamoamiz a’zolaridan 8 nafari joriy yilning noyabr oyida Qohira shahri mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etishadi.
Ma’lumot uchun, ushbu yirik musobaqa har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi. Shundan 7 nafar atletimiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Sevinch Rahimova 105 ta davlatdan kelgan eng kuchlilar orasidan saralandi.
Jamoamiz 12 ta vazn toifasidan 8 ta litsenziyani qo‘lga kiritdi. Bu natija bilan yo‘llanma qo‘lga kiritish bo‘yicha dunyoda kuchli o‘ntalikka, Osiyoda esa kuchli beshlikka kirdik. Markaziy Osiyoda biz yetakchimiz.
Quyida JChda ishtirok etadigan sportchilarimiz ro‘yxati bilan tanishing:
1. Alimardonova Gulshan (-50kg)
2. Rahimova Sevinch (-55kg)
3. Otaboeva Sevinch (-61kg)
4. Hakimjonova Mohlaroyim (+68kg)
5. To‘rahanov Mehriddin (-60kg)
6. Rashidov Abdul Vahhob (-67kg)
7. Muhammadiev Quvonchbek (-75kg)
8. Namozov Shuhratjon (-84kg)