O‘zbekistonlik kadetlar Turkiyada yana to‘rtta medalga ega chiqishdi
“Diplomat Judo Club” tarbiyalanuvchilari xalqaro turnirda 1 kumush va 3 bronza medalini qo‘lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Turkiyaning Izmit shahrida kadetlar o‘rtasidagi nufuzli xalqaro dzyudo musobaqasi — Kocaeli European Judo Hopes turnirining navbatdagi kun bellashuvlari ham yurtdosh sportchilarimiz uchun omadli yakunlandi.
“Diplomat Judo Club” a’zolari 1 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, sharafli poytaxtda o‘z o‘rinlarini egallashdi.
Eslatib o‘tamiz, musobaqaning ilk kunida Shohjahon Usmonov -50 kg vazn toifasida g‘olib chiqib, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ilk oltin medalni qo‘shgan edi.
Kumush medal:
• Shohdiyor Umarov (–50 kg)
Bronza medallar:
• Jasur Aliev (–26 kg)
• Sardorbek Bekov (–26 kg)
• Akbar Akramov (+55 kg)
O‘smir dzyudochilarimiz musobaqada yuqori natijalarni qayd etishda davom etmoqda.
Bakradze Iman
Redaktor