O‘zbekistonlik jangchilar Bangkokdagi ONE FC turnirda jang qiladi
Egizak Salomovlar muay-tay, Sardor Karimboev esa MMAda o‘z mahoratlarini namoyish etadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
15 avgust kuni Tailand poytaxti Bangkokdagi Lumpinee Stadium arenasida MMA, muay-tay va kikboksing bo‘yicha ONE Lumpinee 120 turniri bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston sharafini uch nafar sportchi himoya qiladi: Hasan va Husan Salomovlar mahalliy muay-taychilarga qarshi ringga chiqadi, Sardor Karimboev esa koreyalik MMA ustasi Jang Seon Gyu bilan kuch sinashadi.
Janglar ro‘yxati:
• MMA, o‘ta engil vazn: Sardor Karimboev — Jang Seon Gyu (Koreya Respublikasi)
• Muay-tay, ikkinchi yarim engil vazn: Husan Salomov — Rokki (Tailand)
• Muay-tay, yarim engil vazn: Hasan Salomov — Brazil (Tailand)

Bakradze Iman
Redaktor