O‘zbekistonlik jangchi jahon arenasidagi imkoniyatni qo‘ldan chiqarmoqchi emas
4 oktyabr kuni Dubay shahri mezbonlik qiladigan PFL (Professional Fighters League) turnirida jahon MMA olami diqqat markaziga tushadigan janglar kutilmoqda. Ushbu kechada Xabib Nurmuhammedovning jamoa a'zosi Zubayra Tuhug‘ov Konor Makgregorning sobiq yaqin do‘sti Artom Lobovga qarshi oktagonga chiqishi rejalashtirilgan.
Shu paytda o‘zbekistonlik MMA jangchisi Mirafzal Axtamov sensatsion bayonot bilan chiqdi — u Lobov jangdan bosh tortsa, Zubayra Tuhug‘ovga qarshi jang qilishga tayyorligini bildirdi.
32 yoshli buxorolik Axtamov shu paytgacha 10 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, ularning 8 tasida g‘alaba qozongan, 1 ta durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. Uning bu bayonoti muhitda qiziqish uyg‘otdi va MMA muxlislari bunday imkoniyat amalga oshsa, qiziqarli to‘qnashuv kutish mumkinligini ta’kidlashmoqda.
Endi esa barcha diqqat Lobovning qaroridan keyin rivojlanadigan voqealarga qaratilgan. Axtamov esa tayyor — faqat signal kutmoqda.