locale OZ

O‘zbekistonlik jangchi ikki yildan so‘ng MMAga g‘alaba bilan qaytdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O‘zbekistonlik jangchi ikki yildan so‘ng MMAga g‘alaba bilan qaytdi
Rasm: allboxing.ru Saydiyoqub Qahramonov

AQShning Ayova shtatida tashkil etilgan MMA XFC 52 Otagon turniri doirasida o‘zbekistonlik aralash-yakkakurash jangchisi Saydiyoqub Qahramonov ringga ko‘tarildi. Ushbu jangda o‘zbekistonlik kurashchining raqibi braziliyalik Bruno Santos bo‘ldi.
Jang to‘liq davom etdi va Saydiyoqub ochkolar hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Samarqandlik o‘zbek sportchi 2021-2022 yillar davomida UFC’da 3 ta jang o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Uning umumiy rekordi 12 g‘alaba va 3 mag‘lubiyatni tashkil etdi. O‘zbekistonlik sportchi MMAdagi so‘nggi jangini 2023-yilning may oyida Rafael Kostadan o‘tkazib, g‘alaba qozongan edi. Saydiyoqub Qahramonov jangovar sambo bo‘yicha jahon chempionatining bronza medali sovrindori hisoblanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting