locale OZ

O‘zbekistonlik gimnastlar Qozog‘istondagi musobaqada muvaffaqiyatga erishdi

Pavlodardagi xalqaro turnirda hamyurtlarimiz 14 ta medalga sazovor bo‘lishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

19–21 iyun kunlari Qozog‘istonning Pavlodar shahrida batutda sakrash va sport akrobatikasi bo‘yicha an’anaviy “Irtiш saharlari” xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi. Musobaqada bir qator davlatlar bilan birga O‘zbekiston jamoasi ham ishtirok etdi.

Yurtimiz sharafini Toshkent, Namangan va Farg‘onadan tashrif buyurgan sport maktablari tarbiyalanuvchilari himoya qildi. Faqatgina batutda sakrash yo‘nalishida 35 nafar sportchi bellashdi.

O‘zbekistonlik gimnastlar yuqori tayyorgarlik darajasini namoyon etib, jami 14 ta medalga ega chiqishdi. Federatsiya axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu natijalar mamlakatimizda trampolin sportining rivojlanayotganini yana bir bor tasdiqladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting